10:42 Juma 15 Avgust 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida o‘tkazildi

13.08.2025
32

2025-yil 12–13-avgust kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tdi.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomalarni Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlaridan olishdi. Ruxsatnomada kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqida batafsil ma’lumotlar keltirildi.

Imtihonda qatnashuvchilar belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishdi. Jarayon belgilangan tartibda, adolat va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazildi.

Eslatma: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix) bo‘yicha test sinovlarida ham qatnashishlari shart bo‘lib, aks holda ularning kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari inobatga olinmaydi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?