19:41 Dushanba 23 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Sudjou texnologiya universiteti bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda!

21.06.2025
46

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati – birinchi prorektor B. Nasimov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor I. Bulanov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V. Lyamkina Xitoyning Sudjou texnologiya universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda quyidagi mehmonlar ishtirok etdi: To‘qimachilik, kiyim-kechak va dizayn maktabi dekani Lu Xin, partiya kotibi Wang Peigun, tadbirkorlik hamkorligi bo‘yicha direktor o‘rinbosari Wang Zhaodi, xalqaro bo‘lim direktor o‘rinbosari Zhao Xia, xalqaro talabalar dasturi koordinatori Shokhrukh Madjidov.

Samarali muloqot davomida tomonlar ta’lim sifati va ilmiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Jumladan, sertifikatlashtirish sohasida qo‘shma faoliyat, qo‘shma ta’lim dasturini rivojlantirish, amaliyot dasturlarini kengaytirish hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Tashrif doirasida Sudjou texnologiya universiteti delegatsiyasi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti laboratoriyalari hamda Uz-Kor texnoparki bilan tanishdi. Mehmonlar institutning innovatsion ishlanmalari va to‘qimachilik hamda yengil sanoat sohasidagi salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?