Isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilayotgan "Mirzo Ulug‘bek vorislari" respublika tanlovining yakuniy final bosqichiga start berildi
Tadbirning ochilish marosimida Iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash "Ulug'bek" jamg'armasi raisi, akademik O.Salimov, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazligi va yana bir qator nufuzli mehmonlar bilan birga respublikaning turli hududlaridan kelgan 280 nafar iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.
Ma'lumot uchun, mazkur tanlovda iqtidorli talabalarimiz tomonidan erishilgan yutuqlar o'tgan yilgi ko'rsatkichga nisbatan tuman bosqichi bo‘yicha 82%ga, viloyatlar bosqichidagi natijalar esa 200% ortib, natijada nafaqat viloyatdagi, balki Respublika OTM orasida ham eng yuqori natijalardan biri 3-oʻrinda, tanlov doirasida 51 mln 600 ming so'm pul mukofoti jamg'arilgan.
Iqtidorli talabalarimizga tanlovning yakuniy bosqichida ham omad tilab qolamiz.