Yengil sanoat muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kursi yakunlandi
TTYSI huzuridagi Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida joriy yilning may oyida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun “Yengil sanoat muhandisligi” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Kurs yakunida tinglovchilar bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Attestatsiya komissiyasi tomonidan tinglovchilarning ishlarida innovatsion yondashuvlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan samarali foydalanilgani alohida ta’kidlandi.
Mazkur malaka oshirish kursi oliy ta’lim tizimida sifatli o‘quv jarayonini ta’minlash, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash va zamonaviy ta’lim talablariga mos pedagogik yondashuvlarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.