14:15 Shanba 31 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Institutda “Yakkasaroy tumani jajji yulduzchalar” festivalining ikkinchi mavsumi boʻlib oʻtdi

29.05.2025
22

Yakkasaroy tumani hokimligi tashabbusi bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Yakkasaroy tumani jajji yulduzchalar” festivalining ikkinchi mavsumi oʻtkazildi.

Ushbu festival mamlakatimizning iqtidorli bolalarini aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan boʻlib, tumandagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining eng yosh va isteʼdodli tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazildi. Musobaqada 22 ta bolalar bogʻchasi jamoalari ishtirok etdi.

Bolajonlar kuy-qo‘shiqlar, raqslar va turli badiiy chiqishlari bilan o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Festivalda ishtirok etgan har bir jamoa o‘ziga xos ijodi va mehr bilan tayyorlangan chiqishlari bilan tomoshabinlarni lol qoldirdi.

Festivalning yakunida barcha ishtirokchilarga tuman hokimi tomonidan diplomlar va esdalik sovgʻalari topshirildi. Ushbu tadbir yosh isteʼdodlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bunday madaniy va ijtimoiy loyihalarda doimiy hamkorlik qilib, kelajak avlodga qulay sharoit yaratish yo‘lida o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?