Ilmiy loyihalar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochildi!
23-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Clarivate kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili PhD Diana Abdumuminova ishtirokida “Pivot-RP platformasi: Grant imkoniyatlari va ilmiy tadqiqotlar uchun qo‘llanilishi” mavzusida vebinar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu vebinarda ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilar xalqaro grantlar hamda moliyaviy imkoniyatlarni izlash, ulardan samarali foydalanish yo‘llari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.
Tadbir institut Faollar zalida bo‘lib o‘tib, Zoom platformasi orqali ham jonli translyatsiya qilindi.
Vebinar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va ilmiy faoliyatda yangi yo‘nalishlar ochishga undadi.