Kengash yigʻilishi doirasida Oybek stipendiyasi g’oliblari va faol talablar taqdirlandi
Bugun Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida boʻlib oʻtgan navbatdagi kengash yigʻilishi doirasida faoliyati, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan ajralib turgan talabalar taqdirlandi.
Jumladan, 2025-2026 oʻquv yilida Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek nomidagi maxsus stipendiyasi gʻolibi boʻlgan talabalar:
-Sarvinoz Toʻrayeva – 13v-23 guruh talabasi;
-Shirinoy Masharipova – 7-22 guruh talabasi;
-Farodisa-Bonu Islomova – 25-23 guruh talabasi;
-Munira Xusainova – 1-23 guruh talabasi.
Adibning hayoti va ijodini oʻrganish , targʻib etishda alohida faollik koʻrsatgani uchun koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar:
-Visola Arziqulova – 25-23 guruh talabasi;
-Marjona Boboqulova – 17-22 guruh talabasi;
-Marjona Fayzullayeva – 22-24 guruh talabasi;
-Farangiz Sadullayeva – 13g-23 guruh talabasi.
Barchangizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz! Yangi zafarlar sari birgalikda intilamiz!