Institutimiz delegatsiyasi xalqaro mater-klassda ishtirok etdi
Bugun Toshkent To‘qimachilik va Yengil Sanoat Instituti delegatsiyasi Zhejiang Sci-Tech Universitetida o‘tkazilgan zamonaviy to‘qimachilik materiallari va ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturi doirasida “Tolali mustahkamlangan kompozitlar bilan tanishtirish” mavzusidagi master-klassda ishtirok etdi.
Tadbir davomida To‘qimachilik fanlari va muhandisligi kollejining professori Zhu Peng tolali mustahkamlangan kompozitlar sohasidagi zamonaviy ilg‘or texnologiyalar, ularning ishlab chiqarish va qo‘llanilish xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Ushbu master-klass bilim almashish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va to‘qimachilik sohasidagi mutaxassislarning kasbiy salohiyatini kengaytirish uchun muhim platforma bo‘ldi.
Bunday yuqori texnologik ta’lim tadbirlarida ishtirok etish O‘zbekistondagi to‘qimachilik sanoatida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi, bu esa sohaning xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.