Italiyaning “Podium” kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun institutimizda Italiyaning mashhur Podium kompaniyasi vakillari ishtirokida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda kompaniya vakillari o‘z faoliyat yo‘nalishlari, ish imkoniyatlari va xalqaro tajriba haqida slaydli taqdimot orqali batafsil ma’lumot berdilar.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq va atroflicha javob oldilar. Suhbat yakunida esa Podium kompaniyasi bitiruvchi talabalarimizni ishga taklif etdi.
Bunday uchrashuvlar talabalarining kasbiy tajribasini oshirish, xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni kuchaytirish va kelgusi faoliyatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.