“O‘q otish” sporti bo‘yicha harbiy-sport musobaqasi
24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi hamda International Police Association Club hamkorligida Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida “O‘q otish” sport turi bo‘yicha harbiy-sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada institutimiz talabalari ham faol ishtirok etib, o‘z mahoratlari va jismoniy tayyorgarlik darajalarini namoyon etdilar. Musobaqa ishtirokchilarga katta ruhiy ko‘tarinkilik, harbiy-vatanparvarlik ruhini va sog‘lom raqobat muhitini ulashdi.
Bunday tadbirlar yoshlarda fidoyilik, intizom va jamoada ishlash ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.