“Qadriyatlar jilosi: talabalar milliy libosda”
Bugun “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida institutimizda talabalar orasida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida “Milliy liboslarimiz – milliy qadriyatlarimiz bezagi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Ushbu tadbir doirasida talabalar o‘z milliy liboslarida ishtirok etib, xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odat va qadriyatlarini targ‘ib qilishga hissa qo‘shdilar. Tadbirda milliy kiyimlar namoyishi, adabiy-badiiy chiqishlar, milliy kuy-qo‘shiqlar ijrosi orqali yoshlarimizning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiluvchi ko‘plab sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni milliy g‘urur va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.