00:18 Payshanba 05 Dekabr 2024 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

WEB OF SCIENCE VA SCOPUS bazalaridagi jurnallarda ilmiy maqolalar sonini ko‘paytirish maqsadida barcha professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va izlanuvchilar maqola topshirishlari taklif etiladi

02.12.2024
22

Sizga shuni ma’lum qilamizki, institutimiz professor- о‘qituvchilarining WEB OF SCIENCE VA SCOPUS bazalaridagi jurnallarda ilmiy maqolalar sonini kо‘paytirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining Changshu Texnologiya instituti bilan hamkorikda quyidagi jurnallarda maqolalar chop etish bо‘yicha kelishuv imzolangan:

1. Textile Research Journal

2. Journal of the Textile Institute

3. Journal of Industrial Textiles

4. Fibers and Polymers

5. Dyes and Pigments

6. Cellulose

7. Wood and Fiber Science

8. International Journal of Clothing Science and Technology

9. Fibres & Textiles in Eastern Europe

10. Journal of Natural Fibers

11. Journal of Fiber Science and Technology

12. Journal of Engineered Fibers and Fabrics

Ushbu jurnallarga ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini olib borayotgan barcha professor-о‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va izlanuvchilar maqola topshirishlari taklif etiladi.

Maqolalarni quyidagi tartibda rasmiylashtirib joriy yilning 14-dekabr kuniga qadar taqdim etishingiz sо‘raladi.

RASMIYLASHTIRISH TALABLARI

Materiallarda ishning mazmun mohiyati aniq, tushunarli bayon etilishi lozim. Maqolalar elektron variantda mualliflar tomonidan taqdim etiladi.

Matnlar hajmi tо‘liq, kamida 7 bet, A4 formatli (210x297 mm), 10 о‘lchamli shriftda, 1,0 interval bilan Microsoft Word 2010 va undan yuqori versiyadagi dasturida, Times New Roman shriftida chap va o’ng tomondan 1,55 sm hamda tepadan 0,56 sm va pastdan 0,49 sm  hoshiya va xat boshi (abzats)ga 1,25 sm joy qoldirib, faqat ingliz tilida (akademik tarjima qilingan holda) tayyorlanadi.

1. Birinchi qatorida BOSH VA QALIN HARFLARDA MAVZUNING NOMI sahifaning о‘rtasida, 2-qator bо‘sh qoldiriladi, 3- mualliflarning ism va familiyasi sahifaning о‘rtasida; 4-qator bo’sh qoldiriladi; 5-qatorda ish joyi (tashkilot nomi) va davlati kо‘rsatiladi.

2. 4,0 interval tashlab faqat ingliz tilida annotatsiya beriladi. Annotatsiyaning hajmi 150 ta so’zdan 250 tagacha bo’lishi kerak. Keyin 2,0 interval tashlab maqolaga kalit so’zlar keltiriladi. Kalit so’zlar kamida 4 ta bo’lishi kerak. So’ngra 4,0 interval tashlab maqolaning asosiy matni keltiriladi. Maqolaning asosiy matni kirish (introduction), uslubiy qism (methods), tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi (results and discussion), xulosa (conclusion) va adabiyotlar (references). Maqolaning xulosa qismi kamida 200 ta so’zdan iborat bo’lishi kerak. Matn oxirida asosiy foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati keltiriladi. Maqolada kamida 10 ta adabiyotdan foydalanilgan bo’lishi kerak.

3. Mualliflar soni 4 tadan kо‘p bо‘lishi, matnda avtomatik raqamlash va boshqa avtomatik tarzda bajariluvchi buyruqlardan hamda avtomatik havola (ssilka) dan foydalanish mumkin emas. Havolalar foydalanilgan adabiyot raqamini kо‘rsatgan holda quyidagi kо‘rinishda berilsin: .....keltirilgan [2]. Foydalanilgan adabiyotlarda Web of Science, Scopus va ScienceDirect xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar ba’zasidan foydalanilgan bо‘lishi shart.

4. Materiallardagi barcha sxema, gistogramma, diagramma va boshqa grafik ma’lumotlar tartib bilan raqamlangan holda va .jpg formatida (har bir rasm hajmi kо‘pi bilan 500 Kb gacha, skaner qilib kо‘chirilmagan bо‘lishi, 1 varaq hajmining 50 % idan ortiq joyni egallamagan) bо‘lishi lozim. Formulalar “Formula redaktorida” yozilgan bо‘lishi shart. Rasmlardagi yozuvlar xira va juda kichik hamda matn shriftidan katta bо‘lmasligi lozim.

5. Maqola kompyuterda matn terish qoidalariga amal qilgan holda tayyorlanishi, grammatik, orfografik va boshqa xatolardan holi bо‘lishi, ilmiy va ma’no jihatdan tugallangan bо‘lishi lozim. Jurnal talablariga mos kelmagan maqolalar rad etiladi.

Maqolalarni qabul qiluvchi mas’ul xodim:

Abdumajidov Anvar Abdumalikovich

+998-91-163-04-05

TTYSI 5-bino, 204-xona

Saytni yangi dizayni yoqdimi?