“Internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanaman” shiori ostida talabalar, o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “kibergigiyena” madaniyatini shakllantirish hamda internetdan xavfsiz foydalanishni targ‘ib etishga qaratilgan respublika tanlovlari e’lon qilindi.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
• “Eng yaxshi kontent”
• “Eng ommabop challenj”
• “Eng ta’sirli videorolik”
• “Eng yaxshi innovatsion yondashuv”
• “Eng yaxshi insho”
• “Eng yaxshi she’r”
Tanlovning maqsadi — yoshlarning axborot madaniyatini oshirish, internetdan foydalanganda shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash hamda ijodiy g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashdir.
Natijalar har hafta chorshanba kuni e’lon qilinadi, eng faol ishtirokchilar rag‘batlantiriladi.
Ishtirok etishni istagan talabalar TTYSI Yoshlar ittifoqi bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.