12:43 Yakshanba 01 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TTYSI delegatsiyasi Xitoyda ipak va to‘qimachilik texnologiyalari bo‘yicha xalqaro master-klassda ishtirok etdi

29.05.2025
39

Bugun Toshkent To‘qimachilik va Yengil Sanoat Instituti delegatsiyasi Zhejiang Sci-Tech Universitetida o‘tkazilgan “Xitoydagi To‘qimachilik va Ipak Texnologiyalari hamda Ularning Rivojlanishi” nomli master-klassda ishtirok etdi. Ushbu tadbir zamonaviy to‘qimachilik materiallari va ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturi doirasida tashkil etildi.

To‘qimachilik fanlari va muhandisligi kollejining professori Chengyan Zhu Xitoyda ipak tarixi, sohadagi eng yangi texnologiyalar hamda ipak sanoatining ishlab chiqarish xususiyatlari va rivojlanish istiqbollari haqida ma’lumot berdi. Tadbir ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish va tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?