Institut Kengashining navbatdan tashqari yigʻilishi oʻtkazildi
Bugun, 5-dekabr kuni Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Kengashining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori, prorektorlar, kafedra mudirlari, boʻlim boshliqlari, Kengash aʼzolari hamda professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.
Yigʻilish davomida kun tartibidagi muhim masalalar, jumladan, sohaga oid qaror va buyruqlar mazmun-mohiyati, ularning ijrosi, professor-oʻqituvchilarning dars jarayonini tashkil etishi hamda davomat masalalari koʻrib chiqildi.
Undan tashqari maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-tadqiqot va oʻquv-uslubiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Oʻz navbatida, kun tartibidagi boshqa muhim masalalar yuzasidan masʼullar hisoboti tinglandi. Tahliliy-tanqidiy ruhda boʻlib oʻtgan yigʻilish yakunida yil boshidan bugunga qadar qoʻlga kiritilgan yutuqlar sarhisob qilinib, oldindagi rejalar belgilab olindi.
Kengash yig’ilishida kelgusi rejalar belgilab olindi.
Bugun institutning navbatdan tashqari Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda kun tartibidagi masalalar yuzasidan masʼullar hisoboti tinglandi. Tahliliy-tanqidiy ruhda boʻlib oʻtgan yigʻilish yakunida yil boshidan bugunga qadar qoʻlga kiritilgan yutuqlar sarhisob qilinib, oldindagi rejalar belgilab olindi.