TTYSI Dizayn va texnologiyalar fakultetida “Zakovat” o‘yini
Toshkent To‘qimachilik va Yengil Sanoat Instituti Dizayn va texnologiyalar fakulteti tashabbusi bilan talabalar uchun qiziqarli intellektual o‘yin — “Zakovat” o‘tkazildi. Mazkur tadbir yoshlarning bilimini sinovdan o‘tkazish va ularning tafakkurini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
O‘yinda turli yo‘nalishlarda savollar berilib, ishtirokchilar jamoa bo‘lib o‘z bilimlarini namoyish etishdi. Bu esa talabalarning mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va bir jamoa sifatida ishlash ko‘nikmalarini mustahkamladi.
Shuningdek, tadbir davomida fakultetning iqtidorli yoshlariga o‘z salohiyatini namoyon qilish, bilimini sinovdan o‘tkazish va yangi do‘stlar orttirish imkoniyati yaratildi.
“Zakovat” o‘yini nafaqat bilimlarni oshirdi, balki talabalar orasida sog‘lom raqobat, do‘stlik va hamkorlik ruhini ham mustahkamladi.
Bilim — eng katta kuch! Birgalikda fikrlasak, yangi yutuqlarga erishamiz!