“KELAJAK TADBIRKORI – 2026”: KASB, BANDLIK VA TADBIRKORLIK IMKONIYATLARI YARMARKASI O‘TKAZILMOQDA
Toshkent shahrida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o‘tkazilmoqda.
🗣Mazkur tadbir Markaziy bank, Milliy bank, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
⏺️Yarmarka doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talaba-yoshlari ish beruvchilar, tadbirkorlar va bank vakillari bilan bevosita muloqot qilib, ishga joylashish, kasb-hunar o‘rganish, biznes boshlash hamda startap loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar yuzasidan ma’lumot oldilar.
💬Tadbir yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imkoniyatlarni keng targ‘ib etish bilan davom etmoqda.