🔊
01:48 Yakshanba 26 Iyul 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak?

25.07.2026
16

Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori.

Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvchilari bu talablarga qay darajada javob beradi?


27-iyuldan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi.

Mazkur so‘rovnoma orqali ish beruvchilarning:


➖bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi;
➖amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari;
➖mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi.

Hurmatli ish beruvchilar!

So‘rovnomani o‘tkazish davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi. Sizdan so‘rovnomada ishtirok etish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni so‘raymiz.

Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boshlanadi!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?