RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI ILMIY–AMALIY ANJUMAN O‘Z ISHINI BOSHLADI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Ishlab chiqarish va qayta ishlashning innovatsion texnologiyalarini rivojlanishi sharoitida ilm-fan va soha korxonalarining integratsiyasi” mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy–amaliy anjuman o‘z ishini boshladi.
Mazkur anjuman O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida tashkil etildi.
Anjumanning yalpi majlisida institut prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o'qituvchilari, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi vakillari, TSS Textile Standart Service kompaniyasi hamda “Yoshlar matbuoti” bosmaxonasi mas’ullari, talaba - yoshlar ishtirok etdilar.
Yalpi majlisida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasidagi innovatsion texnologiyalar, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, zamonaviy sanoatdagi yangi yondashuvlar hamda korxonalar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, anjuman doirasida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha sho‘ba majlislari tashkil etilib, ular 19–20-may kunlari institutning belgilangan binolarida o‘z ishini davom ettiradi.
Mazkur ilmiy-amaliy anjuman ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashishni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.