23:43 Seshanba 19 Avgust 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi faoliyati

19.08.2025
24

Yoshlarning tashabbuskorligi va bunyodkorlik ruhini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi tashkil etildi.

Mazkur otryad safida faol va fidoyi talabalar jam bo‘lib, ular o‘z bilim va mehnatlari bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, qurilish hamda ijtimoiy sohadagi loyihalarda faol ishtirok etmoqdalar.

“Bunyodkor yoshlar” qurilish otryadi — bu nafaqat yoshlarga amaliy tajriba, balki ularning jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, vatanparvarlik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash uchun ham muhim maydondir.

Institut talabalari uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarib, ularning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?