Bitiruv kechasi – erkin parvozning ibtidosi
To‘rt yil davomidagi uyqusiz tunlar, murakkab imtihonlar, do‘stlar bilan bahslashganing-u ustozlardan eshitgan dakkang – barchasi aynan shu kun uchun yetaklab kelgandek go‘yo.
Atrofda eng yaqinlar yig’ilgan – har doim yordamga tayyor aziz murabbiy, quchog‘iga gullarni sig‘dirolmay turgan mo‘tabar onajon, egningdagi mantiyani mayna qilib kulayotgan yaqin do‘sting va haligi guruhdagi haligi qiz. Sening qo’lingdagi muqovasi yaltirab turgan diplomni ko‘rib, ularning barchasi shodligingga sherik bo’lishmoqda. Har bir o‘g’longa shu shirin lahzalarni, har biz qizga takrorlanmas xotiralarni tuhfa etish maqsadida institut ma’muriyati “Bitiruv kechasi”ni tashkil etish uchun bundan bir necha oy avval qamishdek bel bog’lagan edi. Va nihoyat o‘sha kun ham yetib keldi!