12:46 Dushanba 22 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“MEN GIYOHVANDLIKKA QARSHIMAN”

20.12.2025
10

Talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda giyohvandlikka qarshi kurashda san’atning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish maqsadida turli tanlovlar o'tkazib kelinmoqda.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Dizayn va texnologiyalar fakultetining faol jamoasi hamda talaba-yoshlari o‘rtasida “Men giyohvandlikka qarshiman” shiori ostida ijodiy ishlar doirasida rasmlar tanlovi tashkil etildi

Mazkur tanlov Dizayn va texnologiyalar fakulteti Moda va dizayn kafedrasi tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar ongida giyohvandlikning salbiy oqibatlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.

Tanlov shaffoflik va sog‘lom raqobat tamoyillari asosida tashkil etilib, unda talabalar o‘z ijodiy yondashuvlari orqali muhim ijtimoiy muammoni yoritishga harakat qildilar.

Hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan Nizom asosida talaba-yoshlarning ijodiy ishlari baholanib, g‘oliblar aniqlandi. Tanlov natijalariga ko‘ra:

  • 1-o‘rin — Xasanova Shahnoza
  • 2-o‘rin — Sobirova Mushtariy
  • 3-o‘rin — Botirova Nozima faxrli o'rinlarni egalladilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?