TTYeSI talabalari BIOT 2021 xalqaro ko'rgazmasida
2021 yil 7-10 dekabr TTYeSI talabalari BIOT 2021 xalqaro ko'rgazmasida
7-10-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida BIOT-2021 “Xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu yil 25-marotaba o‘tkazilgan ko‘rgazmada 40 dan ortiq davlat qatori O‘zbekiston ham ishtirok etdi. Ko‘rgazmada “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo 20 dan ortiq korxona 120 dan ortiq mahsulotini namoyish etdi. Ko‘rgazmada “O‘zcharmsanoat” uyushmasi ko‘magida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari Tregubov Aleksandr va 3-kurs talabasi Ibragimova Nurxonlar o‘z ishlanmalarini namoyish etdilar. Xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish talabalar uchun ushbu sohadagi ilg‘or tajribalar bilan tanishish, o‘zaro fikr almashish va dolzarb savollarga javob olish uchun real imkoniyatdir.