04:34 Shanba 19 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Diqqat, eʼlon!!!! “ Ikkinchi jahon urush xotiralarida” ijodiy ishlar koʻrik-tanlovi boshlandi

08.04.2025
102

Mudofaa vazirligi 9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan “Ikkinchi jahon urush xotiralarida” nomli ijodiy ishlar koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlov Ikkinchi jahon urushi maydonlarida hamda mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat koʻrsatgan barcha yurtdoshlarimizda hurmat va ehtirom koʻrsatish, ularning nomlarini abadiylashtirish, oʻzbek xalqining buyuk Gʻalabaga qoʻshgan hissasini keng miqyosda yoritish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, urush asoratlarini unutmaslikka chorlash maqsadida oʻtkazilmoqda.

Tanlov ijodning quyidagi yoʻnalishlarida oʻtkaziladi:

Rangtasvir, Grafika, Haykaltaroshlik.

Tanlovda Oʻzbekistondagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktablari, oliy taʼlim muassasalarining talabalari, oʻqituvchilari, sanʼat maktablarining oʻqituvchilari, Oʻzbekiston badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talablari va oʻqituvchilari ishtirok etishi mumkin.

Ushbu tanlov 2023-yildan boshlab har yili 9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan «Gʻalaba bogʻi» yodgorlik majmuasi tarkibidagi «Shon-sharaf» davlat muzeyida oʻtkaziladi.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar tanlov boshlangandan keyin

10-aprel sanasiga qadar «Gʻalaba bogʻi» yodgorlik majmuasiga quyidagilarni taqdim etishlari lozim:

• Tanlovda ishtirok etish uchun maʼlumotnoma (rezume);
• Pasport (ID-karta) nusxasi;
• Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) nusxasi (mavjud boʻlsa);
• Oʻqish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifnoma va maʼlumotnoma;
• 9x12 oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
• Tanlovda ishtirok etayotgan shaxs tomonidan yaratilgan, badiiy jihatdan hamda badiiy bezak va mantiq jihatdan toʻliq yakunlangan (ramka bilan bezatilgan) ijod namunasi (asar).

Tanlov gʻoliblari qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar oʻz ijodiy ishlarini quyidagi manzilga «tanlovga» degan belgi va rasmiylashtirilgan ariza bilan olib kelishlari yoki yoʻllashlari soʻraladi:

100069, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sagʻbon koʻchasi, 382-uy.
Aloqa uchun telefonlar: 99 860-18-87, Tashkiliy qoʻmita

Saytni yangi dizayni yoqdimi?