“AXBOROT KUNLARI” O‘TKAZILADI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Axborot-resurs markazida 20–24-aprel kunlari “Axborot kunlari” haftaligi tashkil etiladi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarning axborot madaniyatini oshirish, kutubxona resurslaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy axborot manbalari bilan tanishtirish maqsadida o‘tkaziladi.
Barchangizni ushbu haftalik doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etishga taklif etamiz!