DIQQAT, iqtisodiyot fakulteti talabalari!
Institutimiz doirasida “ECO-EXPO-25” yarmarkasi bo‘lib o‘tadi!
Bu — o‘z iqtidoringizni namoyish etish, qo‘l mehnati, ijodiy ishlar yoki tayyor mahsulotlaringizni taqdim etish uchun ajoyib imkoniyat.
Yarmarka sanasi: 7-may 2025
Agar siz:
Qo‘lda tayyorlangan buyumlar (aksessuarlar, bezaklar, liboslar);
Shirinliklar, ovqatlar yoki ichimliklar;
Yoki boshqa o‘zingiz yaratgan mahsulotlarni namoyish qilmoqchi bo‘lsangiz — biz bilan bo‘ling.
Ishtirok shartlari:
Har bir guruhga 1 ta stol ajratiladi;
Guruhlar o‘zlari ishlab chiqqan mahsulotlarni olib chiqib sotishlari mumkin.
Ishtirok etish bepul!
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 3-may 2025
Ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat:
@eco_expo_25
Kelajak tadbirkorlar va ijodkorlar uchun bu – birinchi qadam!