03:50 Seshanba 08 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Diqqat, musobaqa!

07.04.2025
21

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda “Talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasining bahorgi mavsumiga start berilmoqda.

Kimlar uchun:

- talabalar;
- professor-oʻqituvchilar;
- universitet xodimlari;
- maktab oʻquvchilari;
- koʻngillilar.

Musobaqa 4-aprel kuni Jizzax viloyatidan start oladi.

5-aprel kuni – Guliston shahrida;
13-aprel kuni – Toshkent shahri va viloyatida.

G‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Musobaqani tashkil etish va yugurish natijalarini qayd etish jarayoni Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?