Diqqat, tanlov!
Institutda talaba-yoshlar oʻrtasida “Men giyohvandlikka qarshiman” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkaziladi.
1. Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:
Institut bosqichi – fakultetlar oʻrtasida joriy yil fevral oyining ikkinchi oʻn kunligida oʻtkaziladi;
Hududiy bosqich – hududdagi oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida joriy yil mart oyining uchinchi oʻn kunligida oʻtkaziladi;
Respublika bosqichi – hududiy bosqich gʻoliblari oʻrtasida joriy yil aprel oyining ikkinchi oʻn kunligida oʻtkaziladi.
2. “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:
a) adabiyot yoʻnalishi — bunda talabalar tomonidan mavzuga doir yozilgan sheʼr, hikoya, esse, dramatik asar va insholar koʻrib chiqiladi;
3. Tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishi bunda talabalar tomonidan tayyorlangan plakatlar, rasmlar, grafik ishlanmalar, akvarel, naqqoshlik, qoʻlda ishlangan buyumlar, shuningdek, boshqa tasviriy va amaliy sanʼat turlari boʻyicha ijodiy ishlar koʻrib chiqiladi.
4. Tanlovning gʻoliblarini taqdirlash
5. Tanlovning institut bosqichida gʻolib boʻlgan (1-, 2-, 3- oʻrin) ishtirokchilar institut rahbari tomonidan diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
6. Tanlovning hududiy bosqichida gʻolib boʻlgan (1-, 2-, 3-oʻrin) ishtirokchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari boshliqlari tomonidan diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
7. Tanlovning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan (I-, 2-, 3-oʻrin) ishtirokchilar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplom hamda quyidagi miqdorda pul mablagʻlari bilan ragʻbatlantiriladi:
a) adabiyot yoʻnalishi:
1-oʻrin — 6 000 000 (olti million) soʻm;
2-oʻrin — 5 000 000 (besh million) soʻm;
3-oʻrin — 4 000 000 (toʻrt million) soʻm.
b) tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishi:
1-oʻrin — 6 000 000 (olti million) soʻm;
2-oʻrin — 5 000 000 (besh million) soʻm;
3-oʻrin — 4 000 000 (toʻrt million) soʻm. miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.