E’LON!
Institut talaba-yoshlari o‘rtasida Kurash sport turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi.
Musobaqa qachon?
Sana: Chorshanba kuni
Vaqt: Soat 11:00
Manzil: Institut sport zali
Musobaqa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 9-apreldagi 130-son buyrug‘i asosida tashkil etiladi va quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
1. Oliy ta’lim muassasasi bosqichi
2. Hududiy saralash bosqichi
3. Respublika bosqichi
Ishtirok etish shartlari:
17 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan talaba-yigitlar;
Faqat 1 vazn toifasida qatnashish mumkin (60, 66, 73, 81, +90 kg);
Pasport yoki ID-karta hamda HEMISdan QR-kodli ma’lumotnoma talab etiladi;
Xalqaro va Respublika miqyosida sovrinli o‘rin olgan sportchilar ishtirok eta olmaydi.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
1-o‘rin – 5 000 000 so‘m
2-o‘rin – 2 000 000 so‘m
3-o‘rin – 1 000 000 so‘m
Barcha talabalarni musobaqada faol ishtirok etishga chorlaymiz!