12:25 Shanba 03 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

E’LON Hurmatli ish beruvchilar va olimpiadaning viloyat bosqichi g‘oliblari!!!

02.05.2025
57

Joriy yilning 7-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tantanali tarzda Yoshlar forumi bо‘lib о‘tishini ma’lum qilamiz.

Forum quyidagi tadbirlarni о‘z ichiga oladi:

  1. “Bo‘lajak yosh muhandislar” nomli fan olimpiadasining respublika bosqichi o‘tkazilishi.
  2. “Karyera kuni” va “Bо‘sh ish о‘rinlari mehnat yarmarkasi” bо‘lib о‘tishini.
  3. Olimpiada g‘oliblarini tantanali taqdirlashni.

Shu munosabat bilan, barcha ish beruvchi tashkilotlarni mehnat yarmarkasiga, yoshlar va ularning ota-onalarini forumga taklif etib qolamiz.

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tuman, Shoxjahon ko‘chasi 5-uy.

Murojaat uchun: +99895-659-23-34

Saytni yangi dizayni yoqdimi?