“GOLD TALENTS” XALQARO TANLOVI O’TKAZILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalqaro tanlov o’tkazilmoqda.
“Gold Talents” xalqaro televizion tanlovi o‘tkaziladi.
Musiqa va san’at yo’nalishida, jumladan, qo‘shiq, cholg‘u ijrosi va boshqa ijodiy chiqishlar bo’yicha 10 dan ortiq davlatlardan iqtidorli yoshlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning ijodini keng ommaga namoyon etish, o‘zbek milliy san’atini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish maqsadida, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilmoqda.
Mazkur tanlovda barcha talabalar ushbu tanlovda faol ishtirok etishga taklif etilmoqda. Tanlovga oid batafsil ma’lumotlarni institut rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
O‘z iqtidoringizni namoyon eting va xalqaro sahnaga yo‘l oling!