Hurmatli talaba-yoshlar!
Oʻzbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan ulugʻ adib, shoir, olim, jamoat arbobi “Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek” nomli stipendiya tanloviga start berildi.
Tanlovda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek hayoti va ijodini oʻrganib, yoritayotgan, ilmiy-tadqiq qilish yoʻnalishida izlanish olib borayotgan, targʻibot-tashviqot ishlarida alohida faollik koʻrsatib kelayotgan faqat kundizgi taʼlimda tahsil olayotgan
faol talaba-yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatlarni Nizom talablari asosida Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlariga topshirishingizni maʼlum qilamiz.
Muddat: 15-aprel kuniga qadar davom etadi.