"INSTITUT HAYOTI BILAN BOG'LIQ ENG YAXSHI KONTENT"
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan talabalarning kreativ yondashuvi, institut hayotiga bo‘lgan qarashi va media mahoratini namoyon etish maqsadida mazkur tanlov tashkil etilmoqda.
Tanlov shartlari:
Kontent institut hayotiga oid bo‘lishi kerak (dars jarayoni, tadbirlar, talabalar hayoti, muhit va boshqalar)
Video, foto yoki reels formatida tayyorlanishi mumkin
Kontent original va mualliflik ishi bo‘lishi shart
Kontentda institut nomi va logosidan foydalanish kerak
Chellenj yoki trend asosida tayyorlansa ham institutga xoslik saqlanib qolishi lozim
Eng yaxshi ishlar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi!
Kontentlar 10 kun davomida fakultetlarning rasmiy sahifalarida e'lon qilinishi kerak.