“KELAJAKKA QADAM” DASTURI BO’YICHA AMALIY-SEMINAR O’TKAZILMOQDA
Hurmatli bitiruvchi talabalar!
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda National Bank of Uzbekistan (NBU) hamkorlikda, bitiruvchilarga o‘qishni tamomlagandan so‘ng bir yil davomida “Kelajakka qadam” dasturi xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratdi.
Shuningdek, bu borada amalaga oshirlayotgan ishlar yuzasidan 5-dekabr kuni 11:00da Madaniyat Saroyida, “Kelajakka qadam” dasturi bo’yicha amaliy-seminar o’tkaziladi.
Ma’lumot uchun: Dastur xizmatlari doirasida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
Kasbiy va moliyaviy maslahat, shaxsiy reja bo‘yicha individual konsultatsiyalar;
Ishga joylashish va start-up loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
Malaka oshirish va professional rivojlanish imkoniyatlari;
Biznesingizni boshlash yoki rivojlantirishga oid trening-seminarlar.
Kelajagingizga birinchi qadamni bugundan qo‘ying!