“COMSATS University Islamabad” ning 2025-yil kuzgi semestr uchun grant e’loni
Hurmatli talabalar!
Islomobod shahrida joylashgan “COMSATS University Islamabad” 2025-yil kuzgi semestrga grant asosida o‘quv dasturlari e’lon qiladi.
To‘lov:
Taqdim etilayotgan grant faqat kuzgi semestr ta’lim to‘lovini o‘z ichiga oladi. Aviachipta, turar-joy, yashash va boshqa harajatlar talabgor hisobidan qoplanishi nazarda tutilgan.
Ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar haqidagi ma’lumotlar joriy yilning 25-fevraliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Oliy ta’lim muassasasi tomonidan bakalavr
darajasiga ega bo‘lgan nomzodlar.
Qabul muddati: 
2025-yil 30-iyunga qadar davom etadi
Qo‘shimcha ma’lumot bo‘yicha murojaat qiling:
i.e. www.comsats.edu.pk 
http.y/ww2.comsats.edu.pk/intemationalstudents/
 
                                 
                                 
                                 
                       
                                                 
                                                     
                                                     
                                                    