21:43 Chorshanba 09 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Xitoy xalqaro talabalar innovatsion tanlovi (CICSIC 2025) uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

09.07.2025
40

Xitoy xalqaro talabalar innovatsion tanlovi (CICSIC) talabalar g‘oyalarini amalga oshirish uchun eng yirik xalqaro platforma hisoblanadi. Tanlovning yakuniy bosqichi 2025-yilda Xitoy Xalq Respublikasining Chjenchjou shahrida bo‘lib o‘tadi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin:
– Xorijiy oliy o‘quv yurtlari talabalari va bitiruvchilari (2020-yildan oldin bitirmaganlar)
- Ishtirokchilar 35 yoshdan kichik bo'lishi kerak
- 2 dan 15 kishigacha bo'lgan jamoalar
– Bitta loyiha – bitta jamoa, bitta universitet.

Loyihalar:
– Mavzular: texnologiya, ekologiya, tibbiyot, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, moliya va boshqa asosiy tarmoqlar
– Loyihalar tegishli, original bo‘lishi va intellektual mulk talablariga javob berishi kerak.

Kategoriyalar:
– Daraja: bakalavriat / magistratura va aspirantura
– Bosqich: ijodiy yoki startap

Arizalar faqat jamoalardan qabul qilinadi. Ishtirokchilar loyihani amalga oshirishda bevosita ishtirok etishlari kerak.

Ro‘yxatdan o‘tish: pilcchina.org

Ro‘yxatga olish Pekin vaqti bilan 2025-yil 15-iyul, UTC+8 soat 24:00 da yopiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotni TTYSI xalqaro hamkorlik bo'limidan olishingiz mumkin (1-bino, 523-xona).

Saytni yangi dizayni yoqdimi?