RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY ANJUMANI O‘TKAZILADI
Barqaror rivojlanish sharoitida sanoat korxonalarining ekologik muhofazasi va mehnat xavfsizligini ta’minlash: tajriba, muammolar va istiqbollar mavzusida anjuman o’tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Innovative academy ilmiy tadqiqotlar markazi hamkorligida tashkil etilgan respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tadi.
Mazkur anjumanda sanoat korxonalarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash, mehnat muhofazasi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Anjuman 24–25-mart kunlari bo'lib o'tadi.