🔊
23:26 Juma 22 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TALABALAR ISHTIROKIDA PROFILAKTIK SUHBAT O‘TKAZILDI

12.05.2026
7

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda turli zararli odatlarning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan profilaktik suhbat tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.

Suhbat davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning xavfsizligi va ma’naviy muhitini mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?