Mutaxassislarni xorijda tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi xorijda bakalavriat, magistratura va doktorantura yoʻnalishlarida taʼlim olish uchun 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini eʼlon qildi.
Mazkur tanlovga talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 25-iyul kuniga qadar jamgʻarmaning rasmiy sayti (http://admission.eyuf.uz/) orqali boʻlib oʻtadi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun xalqaro hamkorlik boʻlimiga murojaat qilish mumkin.