20:46 Dushanba 02 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

30.05.2025
93

Qadrli talabalar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan “Bir haftada bir kitob” loyihasiga start berildi.

Haftaning har Chorshanba kuni, talabalar uchun 4 ta badiiy kitobga “ovoz berish” yo‘li orqali 1 dona badiiy kitob tanlab olinadi. Eng ko‘p ovoz olgan badiiy kitob, shu haftaning juma kunidan keyingi haftaning juma kuniga qadar talabalar tomonidan mutolaa qilinadi va savol-javob orqali kuchli uchtalik aniqlab olinadi.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi

1- o‘rin - 300 ming so‘m
2- o‘rin - 200 ming so‘m
3- o‘rin - 100 ming so‘m

4-o‘rindan 10-o‘ringacha yuqori natijalarni ko‘rsatgan talabalar ham maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.

Murojaat uchun: 2-o'quv binosi, 213-xona. "Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish" bo'limi

Saytni yangi dizayni yoqdimi?