13:42 Juma 11 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TYUTORLIK FAOLIYATI UCHUN TANLOV E’LON QILINADI

10.07.2025
134

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi 563-sonli qaroriga muvofiq, respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik faoliyati tashkil etilgan.

Shu munosabat bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ma’muriyati tyutor lavozimida ishlash istagini bildirgan fuqarolarni tanlov asosida ishga taklif etadi.

TYUTORLAR UCHUN MALAKA TALABLARI:
• Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (magistrlik diplomi, ilmiy daraja yoki unvorga ega bo‘lish afzallik hisoblanadi);
• Yoshi 25 dan kichik, 55 yoshdan (ayollar uchun 50 yosh) katta bo‘lmasligi;
• Kamida 2 yillik pedagogik, tarbiyaviy yoki yoshlar bilan ishlash sohasida ish tajribasiga ega bo‘lish;
• Jinoyat sodir etmagan, pedagogik huquqdan mahrum etilmagan bo‘lishi;
• Davlat tilida erkin ish yurita olish va axborot texnologiyalarini bilish;
• Xushmuomalalik, vatanparvarlik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik kabi shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lish.

TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR:
1. Diplom va unga ilova (nusxalari);
2. Mehnat daftarchasidan ko‘chirma;
3. Rezyume (ma’lumotnoma).

Hujjatlar topshirish muddati: 2025-yil 5-avgustgacha

Batafsil ma’lumot olish va hujjatlarni topshirish uchun institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?