“Vatanni madh etib” videoroliklar tanlovi institut bosqichi yakunlandi
25-aprel kuni TTYSIda talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Vatanni madh etib” videoroliklar tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Talabalar Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va birlik g‘oyalarini aks ettirgan videoroliklar bilan ishtirok etdilar. Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha:
1-o‘rin: Iqtisodiyot fakulteti
2-o‘rin: Dizayn va texnologiyalar fakulteti
3-o‘rin: To‘qimachilik muhandisligi fakulteti
4-o‘rin: Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti
Endilikda 1-o‘rin sohiblari tanlovning respublika bosqichida institut nomidan ishtirok etadilar. G‘oliblarni tabriklaymiz!