Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi
Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Xalqaro tajriba: ta’limni modernizatsiyalash sharoitida zamonaviy mashinasozlik va muhandislik yo‘nalishida yuqori malakali kadrlar tayyorlash istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani tashkil etilmoqda.
Anjuman sanasi: 2025-yil 5-6 iyun, soat 10:00
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shohjahon ko‘chasi 5-uy, Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti, 1-bino, anjumanlar zali
Anjumanda soha vakillari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Materiallar qabul qilish muddati: 2025-yil 20-maygacha
Hajmi: tо‘liq, kamida 2 yoki 3 sahifa, APA uslubida rasmiylashtirilgan
Maqolalar Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining anjumanlar.uz sayti orqаli yoki science-titli@mail.ru elektron pochtasi orqali 20-maygacha qabul qilinadi.