YOSHLARNI DAVLAT XIZMATIGA JALB QILISH YUZASIDAN TADQIQOT O'TKAZILMOQDA
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-son Farmoniga muvofiq, Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan natijaga asoslangan boshqaruv modelini ishlab chiqish hamda uni joriy etishni uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish maqsadida sotsiologik tadqiqot o’tkazilmoqda.
Shu maqsadda:
Talabalar o‘rtasida yoshlarning davlat xizmatini tanlashga bo‘lgan munosabati, motivatsiyasi va to‘siqlari o‘rganiladi.
Vazirlik va idoralar rahbarlari o‘rtasida yosh kadrlar bilan bog‘liq kutish va talablar tahlil qilinadi.
Tadqiqotlar 2026-yil 7-yanvarga qadar o‘tkaziladi.
So‘rovnomalarda ishtirok etish:
- Talabalar uchun: https://forms.gle/92azZUUXJxyujUU58
- Rahbar kadrlar uchun: https://forms.gle/d1XTnxG5RCB3UiBt5
Sizning fikr va ishtirokingiz yoshlar siyosatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega!