YUNESKO va Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumatining 2025/2026-o‘quv yili uchun “Buyuk Devor” stipendiyasiga tanlovini eʼlon qilmoqda !!!
Ushbu stipendiyalar dasturi doirasida XXR oliy taʼlim muassasalarida tadqiqotchi (45 yosh), yetakchi tadqiqotchi (50 yosh)lar uchun bir yillik malaka oshirish kurslari, magistratura (35 yosh) hamda doktorantura (40 yosh) uchun bir yillik o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Tanlov g‘oliblarining xalqaro aviachipta va Xitoyda o‘qishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari YUNESKO va XXR Hukumati tomonidan qoplanadi. Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar oliy taʼlim muassasasi bilan kelajakda o‘z faoliyatini bog‘lashga intilgan stajor-tadqiqotchi, yosh o‘qituvchilar orasidan tanlab olinishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Nomzodlar magistr darajasiga (ba’zi sohalar uchun bakalavr darajasiga) ega bo‘lishi va ingliz tilini yuqori darajada bilishlari talab etiladi.
Tanlab olingan nomzodlar quyidagi hujjatlarni 2 nusxada to‘ldirishlari kerak:
Maxsus ariza varaqasi onlayn tarzda veb sahifasida to‘ldirilishi kerak (uning 2 nusxasi 3 ta rasm bilan birgalikda taqdim etiladi);
• diplom (ilovasi bilan birga) yoki sertifikat hamda reyting qaydnomasining tasdiqlangan nusxasi va tarjimasi (notarial tasdiqlangan nusxasi, ingliz tiliga tarjima qilingan holda);
• Xitoy universitetlarining biridan kelgan taklifnoma (agar oldindan ushbu universitet bilan aloqa o‘rnatilgan bo‘lsa);
• nomzodning ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanish bo‘lgan 2 nafar professor(olim)lar tavsiyanomasi (ingliz tilida);
• stipendiya uchun taqdim etilayotgan ilmiy tadqiqot loyihasi (500 so‘zdan iborat, ingliz tilida);
• ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat;
• tibbiy maʼlumotnoma (ilovadagi maxsus shakl bo‘yicha)
Mazkur dasturda qatnashayotgan Xitoy oliy taʼlim muassasalari va taʼlim sohalari bo‘yicha maʼlumot bilan quyidagi elektron sahifasi orqali tanishish mumkin:
Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun oliy taʼlim muassasalari tomonidan ko‘rsatilgan vakillar qatoridan 2 nafar nomzod tanlab olinadi va “Buyuk devor” stipendiyasiga tavsiya etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni xalqaro hamkorlik bo‘limidan olishingiz mumkin 1 bino 523-xona.