YUNESKO/Polsha Hukumatining muhandislik va arxeologiya sohasidagi 2025-2026-yillar uchun stipendiyalar tanlovi e’lon qilindi.
Tanlab olinadigan nomzodlar Polsha Respublikasida 6 oy davomida quyidagi sohalar boʻyicha oʻqib, malaka oshirish imkoniyatiga ega:
- Material ishlab chiqarish muhandisligi (1 ta loyiha);
- Mexanika muhandisligi (9 ta loyiha).
Davomiyligi: 6 oy
Moliyaviy ko‘mak:
Oylik stipendiya: 1800–2200 PLN (taxminan $450–550)
Aviachiptalar, tibbiy sug‘urta va bir martalik to‘lovlar to‘liq qoplab beriladi
O‘qish bepul
Kimlar uchun: O‘zbekiston fuqarolari va boshqa tanlangan mamlakatlar vakillari
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish tartibi bilan quyidagi havola orqali tanishing: https://www.unesco.org/en/fellowships/poland-engineering