KAFEDRA TARIXI
Ijtimoiy fanlar kafedrasi 1938-yilda tashkil qilingan. Avval “Falsafa va falsafa tarixi” kafedrasi, keyin “Siyosiy iqtisod” kafedrasi va so‘ngra “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi sifatida tashkil etilgan.
Kafеdra 1963-yilda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafеdrasi negizida shakllangan. Dastlab kafеdraga dotsеnt D.F.Jukov mudirlik qilgan. 1963-1966 yillar yosh olim G‘ulom Po‘latov, 1967-1972 yillar B.M. Bеrеzin, 1974-yil kafedraga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida faoliyat ko‘rsatgan, Respublikamizning birinchi ayol faylasuflaridan biri – dotsent X.A. Ziyovutdinova rahbarlik qildi, 1975-1983 yillar dotsеnt F.Ozodayеv, 1984-1986 yillar profеssor Е.V.Vasilyеv kafеdraga mudirlik qilganlar. 1987-1990 yillar esa Y.P.Kudinov mudirlik vazifasini bajardi. 1991–2011 yillar dotsеnt A.Nasriddinov “Falsafa” kafеdrasiga mudirlik qildilar. “O‘zbеkiston tarixi” kafеdrasini 1991-2006 yillar dotsеnt I.S.Hayitov, 2007–2011 yillar dotsеnt S.Shodiyеv tayinlangan. 2011-yildan boshlab ikki kafedra birlashib “Ijtimoiy fanlar” kafеdrasi tashkil topdi va dotsent A.N.Nasriddinov rahbarlik qildi. 2012-2015 yillar kafеdraga dotsent SH.S.Agzamxodjayeva rahbarlik qilgan. 2015-yil sentyabr oyidan “Ijtimoiy fanlar” va “Kasb ta’limi” kafedrasi birlashib yangi “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashkil qilindi. 2015-yil sentyabrdan dotsent D.I.Hodjakulova, 2016-2020 yillar dotsent B.E.Isroilov kafеdraga mudirlik qildilar. 2021-yil sentyabr oyida "Ijtimoiy fanlar" kafеdrasi “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi bilan birlashib, "Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat" kafedrasi tashkil topdi.
2020-yil sentyabr oyidan buyon kafеdraga falsafa fanlari doktori (DSc) dotsent SH.S.Agzamxodjayeva rahbarlik qiladi.
KAFEDRA FAOLIYATI
Hozirda kafedraning ilmiy salohiyati 48% ni tashkil etmoqda. Jumladan, 2 ta fan doktori professor, 9 ta fan nomzodlari, dotsentlar ishlamoqda. Kafedrada o‘qitiladigan hamma fanlardan o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari, uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. Kafedrada “Yosh donishmandlar”, “Stol tennisi”, “Kurash”, “Mini futbol”, “Voleybol” to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi. Kafedrada o‘quv xonalari qayta jihozlangan. Darslar zamonaviy pedagogik texnologiya asosida interaktiv usullardan foydalanib, taqdimot-prezentatsiya usulida o‘tiladi. Fanlardan o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan.
KAFEDRA YUTUQLARI
Kafedra professor-o‘qituvchilari nufuzli xorijiy ilmiy jurnallar, mahalliy ilmiy jurnallar, xorijiy ilmiy konferensiyalar, mahalliy ilmiy kongerensiyalarda ilmiy maqola va tezislar chop qilishgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari monografiyalar, o‘quv qo‘llanma va darsliklar chop qilishgan.
G.K. Masharipova, D.O.Ortiqova “Dinshunoslik” o‘quv qo‘llanma. B.Isroilov, F.Usarova, U. Elmurotova. «Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillash-tirishning ilmiy assoslari va amaliy yo‘nalishlari» o‘quv qo‘llanma, G.K. Masharipova, G.J. Tog‘ayeva “Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi”o‘quv darsligi G.K.Masharipova “Dinshunoslik” o‘quv qo‘llanma chop qilishgan.
2018-yil TTYSI hamda A.N. Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma fakultetdagi ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi fanlardan o‘quv jarayonini tashkil qilish uchun o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.
2019-yil TTYSI hamda Belorussiyaning Vitebsk davlat texnika universiteti hamkorligidagi qo‘shma fakultetida ham o‘quv dasturlari ishlab chiqildi. TTYSI hamda Xalqaro Parij moda akademiyasi bilan hamkorlikdagi qo‘shma fakultetdagi ijtimoiyi-gumanitar yo‘nalishdagi fanlardan o‘quv jarayonini tashkil qilish uchun o‘quv dasturlari ishlab chiqildi. 2021-yildan boshlab TTYSI "Ijtimoiyi fanlar" kafedrasi professor-o‘qituvchilari Xorazm Ma’mun akademiyasi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladilar. Shuningdek, o‘quv, uslubiyi hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirishga asoslangan hamkorlik aloqalari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Kafedra o‘qituvchilari institutdagi barcha mutaxassisliklar va ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavriatura hamda magistratura talabalariga ta’lim berib kelmoqda.