KAFEDRA TARIXI
“Ipak texnologiyasi” va “Yigirish texnologiyasi” kafedralari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining poydevor kafedralari qatorida 1932 yildan mutahasislik kafedralari sifatida alohida alohida kafedra bo‘lib 92 yil faoliyat olib borgan. “Ipak texnologiyasi” kafedrasiga P.A.Osipov (1932-1958 y), S.S.Ibragimov (1958-1968 y), E.B.Rubinov (1968-1973y), M.M.Muxamedov (1973-1995y), X.A.Alimova (1995-2004y) va A.E.Gulamovlar (2004-2013y), J.A.Axmedov va Sh.A.Usmonovalar (2022-2024) rahbarlik qilganlar.
“Yigirish texnologiyasi” kafedrasi dastlab “Tabiiy va kimyoviy tollarni yigirish texnologiyasi” kafedrasi deb nomlangan va kafedraga P.M.Konyukov (1932- 1938 y), I.I.Solovyov (1938-1949 y), V.I.Budnikov (1949-1966 y), V.V.Joxovskiy (1966-1968y), Sh.R.Marasulov (1968-1980 y), X.X.Ibragimov (1980-1985 y), R.Z.Burnashev (1985-1995 y), Q.G‘.G‘ofurov (1995-2000 y) va S.L.Matismailovlar (2004-2014y), Sh.R.Fayzullayev (2018-2021 y), O.O.Rajapov (2021-2024) va M.Sh.Xoliyarovlar (2024 y) rahbarlik qilganlar.
“Ipak va yigirish texnologiyasi” kafedralari 1932-yildan boshlab Respublikamiz va MDH davlatlari uchun ipak va yigiruv texnologiyalarini mukammal egallagan muhandislarni tayyorlab kelmoqda.
Hozirda kafedrada 5 nafar texnika fanlari doktori, 6 nafar professor va
13 nafar texnika fanlari nomzodlari, 3 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda.
“Ipak va yigirish texnologiyasi” kafedrasida zamonaviy o‘quv ma’ruza xonalari, talabalarga amaliy darslarni olib borish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazish uchun Germaniyaning «TRUETZSCHLER», «ZINSER», «VOLKMAN» firmalarining ip yigirish uskunalari bilan jihozlangan o‘quv laboratoriyasi, ipak ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarida qo‘llaniladigan Yaponiya davlatining “NAKAGOSHI”, “MASUZAWA”, “KOKUBUN”, “HARADA” firmasining eng zamonaviy dastgohlari mavjud. Ma’ruza va amaliy darslarini olib borish uchun elektron doskalar bilan jihozlangan.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot natijalari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi ipakchilik va ipak yigiruv korxonalariga tadbiq qilinmoqda. Kafedra va sohaga tegishli bo‘lgan qo‘shma korxonalari bilan innovatsion korporativ hamkorlik shartnomalari tuzilgan. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi “Barakat alfa” AJ, “Bakantex” XK, “Osborn textile” QK, “REALTEX” XK, “RIETER UZBEKISTAN” XK va bir qator ip yigirish korxonalari bilan innovatsion koorporativ hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Kafedrada innovatsion hamkorlik bo‘yicha shakllar, soha korxonalar banki, bitiruv malakaviy ishlari, doktorlik dissertatsiyalari mavzularini shakllantirish va o‘quv – ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tish uchun mos ravishda bog‘lab har biri bo‘yicha mavzular banki yaratilgan.