KAFEDRA TARIXI
“Tolali materiallarni dastlabki ishlash” kafedrasi 1932-yilda tashkil topgan bo‘lib, uning asoschisi О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi, texnika fanlari doktori, professor BORIS APPOLONOVICH LEVKOVICHdir. 1932-yilda Kafedra Paxtani dastlabki ishlash deb nomlangan, 2014-yil kafdera nomi “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi”ga o‘zgartirilgan, 2024-yildan “Tolali materiallarni dastlabki ishlash kafedrasi” deb nomlangan.
KAFEDRA FAOLIYATI
Shu yillar davomida kafedraga 1988-1992 yillar X.T.Axmatxо‘jayev, 1993-1996 yillar M.T.Tillayev, 1996-1998 yillar A.P.Parpiyev, 1998-2000 yillar M.A.Akbarov, 2000-2007 yillar M.A.Axmatov, 2008-2014 yillar I.D.Madumarov, 2014-2017 yillar M.T.Hodjiyev, 2017-2018 yillar M.E.Ruzmetov, 2018-2020 yillar X.N.Pardayev, 2021-2024 yillar N.A.Novruzov, 2024-yil fevral oyidan buyon S.S.Xakimov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Hozirda kafedrada 7 nafar fan doktori va professor, 12 nafar fan nomzodi va dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar assistent o‘z ilmiy va amaliy izlanishlarini olib bormoqdalar. Kafedrada bakalavriat talabalariga Korxonalarni loyihalash, Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash, Tolali materiallarni quritish va namlash, Mahsulot sifatini aniqlash, Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi va jihozlari, Paxtani dastlabki ishlash texnologik uskunalarini loyihalash, Tarmoq texnologiyasi va jihozlari, Urug‘ tayyorlash texnologiyasi, Uskunalarni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash, Paxta sanoati mashinalarni loyihalash, Tadqiqot uslub va vositalari, Kasb mahorati, Paxta mahsulotlarini standartlashtirish, sertifikatlash va marketing, Paxta tozalash sanoati uskunalarining pnevmotransport tizimlari fanlari o‘qitiladi. Magistratura mutaxassisligidagi talabalarga Paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish va sifatini boshqarish, Urug‘lik chigit tayyorlash texnologik jarayonlarini loyihalash, Mahsulotlar sifatini boshqarish, Paxta sanoati texnologiyasining ilmiy muammolari, Paxta sanoati texnologik jarayonlarini modellashtirish, Texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalash fanlari tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.
Kafedrada Institut Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 05.06.02-Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilingan 8 nafar doktorantlar biriktirilgan.
KAFEDRA YUTUQLARI
2019-yil kafedra professor-o‘qituvchilaridan А.Salimov, Wang Hua va T.Tuychiyevlar tomonidan «Technology and equipment for primari cotton processing»nomli o‘quv qo‘llanma China-Xitoy Xalq Respublikasida hamkorlikda nashr etilgan.
A.Salimov tomonidan yozilgan о‘quv adabiyotlar OО‘MTV tomonida respublikada о‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi darsligi va о‘quv adabiyoti” hamda 2021-yil Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan о‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi g‘olibi diplomi bilan taqdirlangan, kafedra fidoyi ustoz professor-о‘qituvchilaridan Usmanov Xayrulla Saydullayevich 2024-yil 2-maydan 23-maygacha Latviya Respublikasining Riga Texnika Universitetida malaka oshirib qaytdi, shu bilan birga Yevropaning nufuzli oliy ta’lim muassasi bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bordi. Kafedra o‘qituvchilari institutdagi barcha mutaxassisliklar va ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavriatura hamda magistratura talabalariga ta’lim berib kelmoqda.