KAFEDRA TARIXI
Kafedra "To'quvchilik" nomi bilan 1935-yil Moskvadan yo'llanma bilan kelgan t.f.n. dotsent 40 yilga yaqin kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko'rsatgan ko'plab shogirdlarning ustozi Faina Stepanovna Kungurseva rahbarligida o'z faoliyatini boshlagan. Keyinchalik kafedrani 1970-1971 yillar dotsent Z.A. Abdullaev, 1971-1982 yillar professor E.SH.Alimbaev, 1982-1990 yillar dotsent B.I. Getsonok, 1990-1998 yillar dotsent S.S.Raximxodjaev, 2001-2004 yillar professor A.D.Daminov, 2004-2006 yillar dotsent B.K.Xasanov, 2006-2007 yillar dotsent B.Boymurodov, 2007-2008 yillar dotsent M.R. Yunusxodjaeva, 2008-2011 yillar dotsent U.T.Abdullaev, 2011-2012 dotsent H.N.Luqmonov, 2012-2021 dotsent D.N.Qodirova, 2021-2023 dotsent H.Y.Rasulov, 2023-yildan dotsent O.A.Ortiqov kafedrani boshqarib kelmoqda.
KAFEDRA FAOLIYATI
Kafedra o'z faoliyati davomida o'quv jarayonini tashkil etish bilan bir qatorda mutaxassislarga tarbiyaviy va ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish ko'nikmalarini o'rgatish bilan ham shug'ullangan. Kafedrada 5 nafar professor, 16 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 9 nafar assistent faoliyat olib bormoqda. Kafedrada Institut Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 05.06.02–“Tо‘qimachilik matolari texnologiyalari va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bо‘yicha qabul qilingan 24 nafar doktorantlar biriktirilgan.
KAFEDRA YUTUQLARI
Kafedra mutaxassislik kafedralari sirasiga kirgani uchun ham uning faoliyati Respublika to'qimachilik sanoatining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. O‘tgan asrning 40-50-yillarida kafedrada mutaxassislarni tayyorlash ancha kengayib, nafaqat qo‘shni Respublikalar, balki Armaniston, Ozarbayjon, Moldaviya va shu kabi boshqa davlatlar uchun ham mutaxassislar tayyorlangan. 80-yillarga kelib esa kafedrada Vetnam va Kuba Respublikalari uchun maqsadli yuqori malakali mutaxassislar tayyorlangan. Aynan shu davrda institutda tayyorlangan mutaxassislar Tojikistonda barpo etilgan Dushanbe toʻqimachilik, Qozog'istonda tashkil etilgan Olma-ota ip gazlamalar kombinatiga yo‘llanma olishgan. Kafedra faoliyatining dastlabki yillarida bitirgan mutaxassislar yetuk korxona rahbarlari bo‘lib yetishdilar. Ular jumlasiga institutimizning birinchi rektori, keyinchalik Toshkent to'qimachilik kombinati direktori bo'lgan dots. Z.A. Abdullaevni kiritish mumkin. Shu bilan bir qatorda, kafedrada tahsil olgan yoshlarimizdan nafaqat yirik mutaxassislar, olimlar, shuningdek, siyosiy-ijtimoiy rahbarlar yetishib chiqqan. Ular Respublika Oliy Kengashi deputatlari X.N.Lukmanov va F. Akromovlar 1991-yil Respublikamizni mustaqil deb e'lon qilinishida Oliy Kengash Majlisida qatnashganliklari va ushbu tarixiy voqeaga o'z hissalarini qo'shganliklari bilan faxrlanamiz. Kafedraning bir necha professor-o‘qituvchilari Turkiya Respublikasi, Janubiy Koreya, Germaniya, Belgiya, Rossiya, Portugaliya va Xitoy davlatlarida malaka oshirib kelgan.
BAKALAVRIAT TA'LIM YO'NALISHI:
60721200 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (to‘qima, trikotaj, gilamchilik).
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI:
70721201- To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (to‘qima, trikotaj);
70721202 –To‘qimachilik sanoati buyumlarini badiiy loyihalash (dissinatorlar).